Yangiliklar

...

Milliylikni targʻib qilish kuni

Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimining 2025-yil 6-fevraldagi “Samarqand viloyatida milliylikni keng targʻib qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 33-7-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida milliylikni keng targʻib qilishga qaratilgan “Milliylik tuygʻusi Samarqandda” loyihasi asosida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida haftaning juma kunlari “Milliylikni targʻib qilish kuni” deb eʼlon qilindi, milliylikni targʻib qilish maqsadida “Milliy libos barchaga yarashadi” shiori ostidagi “Milliy trend chellendji” boʻyicha targʻibot ishlari olib borilmoqda.