Navbatdagi “Book cafe” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi
2026-yil 12-iyun kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida rektorat yigʻilishida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan navbatdagi “Book cafe” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Axborot-resurs markazi xodimi Ch. Xalilova tomonidan koreyalik yozuvchi Shin Kyong-sookning mashhur Onamni asra asari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mutaxassis tomonidan asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan oilaviy qadriyatlar, ona mehrining beqiyosligi hamda inson hayotida ota-onaga e’tibor va g‘amxo‘rlikning naqadar muhim o‘rin tutishi haqida fikr yuritildi.
