Yangiliklar

...

“O‘z faoliyatini tahlil qilish va baholash – kasbiy rivojlanish asosi” mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tdi

Institutning Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Begimqulov Zarif Axmadovich tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tabiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish yo‘nalishi 2-guruh tinglovchilariga “Pedagogning kasbiy rivojlanishi va o‘zaro hamkorlik” modulidan “O‘z faoliyatini tahlil qilish va baholash – kasbiy rivojlanish asosi” mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.
 
O‘z faoliyatini tahlil qilish va baholash kasbiy rivojlanishning eng muhim omili. Bu jarayon xodim yoki mutaxassisga o‘z ish faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish imkonini beradi. Tahlil natijasida kelgusidagi maqsadlar belgilanadi, ish samaradorligi oshadi va professional mahorat rivojlanadi.