O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
2025-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Sh.G‘offorov ishtirok etdi hamda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida ma’ruza qildi.
