
Professor-oʻqituvchilar ishtirokida kitobxonlik soati tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining topshirig‘i asosida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikka doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida juma kuni “Kitobxonlik kuni” deb belgilandi.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 11-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali axborot-resurs markazi boshligʻi A.Ro‘ziqulova tomonidan filial professor-oʻqituvchilari ishtirokida kitobxonlik soati tashkil qilindi.
Unda, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi F.Qosimov tomonidan tayyorlangan “Malaka oshirish jarayonida trener-o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish” hamda “Umumta’lim maktablarida yengil atletika bo‘yicha darsdan tashqari to‘garaklarini tashkil etish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanma adabiyotlarining taqdimoti oʻtkazildi.