Yangiliklar

...

Qarshi shahridagi Motamsaro ona haykali xotira maydoniga tashrif

2026-yil 8-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari joriy oydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish yo‘nalishi Qashqadaryo viloyati tinglovchilari bilan birgalikda Qarshi shahridagi Motamsaro ona haykali xotira maydoniga borishdi. 

Professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar Ikkinchi jahon urushida qahramonlarcha halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz ismi tushurilgan zarkitob varaqalarini ko‘rib ularni yod etishdi.