Bo'limlar

...

Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi

Saydullayev Zafar Erkinovich

Boʻlim boshligʻi

 

+99894-629-02-98
Zafarsadullayev92@gmail.com

 

  

 

Amonova Dilnoza Aminovna

Bosh mutaxassis

 

+99893-352-48-00
dilnoza99@mail.ru

 

 

 

 

Raxmonov Baxtiyor Azzamovich

   Mutaxassis

 

+99893-336-70-44
baxtiyar89@mail.ru

 

 

Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimining vazifalari quyidagilardan iborat:

boʻlimning yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini taʼminlash;

filialda oʻquv jarayonini tashkil etish va nazoratini amalga oshirish, ularning natijalari haqida filial rahbariyatiga hisobot taqdim qilish;

Vazirlik hamda boshqa vazirlik va idoralar tarkibidagi hududiy boshqarmalar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlab borish va rejani shakllantirishda filialga koʻmaklashish;

filialda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida tinglovchilar tomonidan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirishga qoʻyilgan davlat talablarining bajarilishini tahlil qilish, uning natijalari asosida taʼlim samaradorligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

malaka oshirish tizimining samarali shakllarini joriy etish, ilmiy va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarining malaka oshirish jarayoniga taʼlimning ilgʻor shakl va usullari, zamonaviy taʼlim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarini malakasini oshirishni tashkil etish;

tinglovchilarni shakllantirilgan rejaga muvofiq tegishli hujjatlarga asoslangan holda qabul qilish;

malaka oshirish kursi tinglovchilarining egallagan bilim va koʻnikmalarini baholash mezonlari, yakuniy nazorat oʻtkazish, taʼlim jarayoni sifatini baholash monitoringini amalga oshirish;

malaka oshirish kurslarida yakuniy attestatsiyani tashkil qilish;

professor-oʻqituvchilarni maʼruza, amaliy mashgʻulotlari sifati va samaradorligini tahlil qilish va taʼsirchan choralar koʻrish;

malaka oshirish kurslari tinglovchilarining oʻquv mashgʻulotlari jadvallarini ishlab chiqish;

malaka oshirish tinglovchilarining hujjatlarini roʻyxatga olish;

professor-oʻqituvchilar tomonidan dars mashgʻulotlarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda bajarilishini tahlil qilish;

malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi va uning yuritilishini nazorat qilish va taʼminlash;

yakuniy attestatsiya natijasida oʻqitish dasturini oʻzlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga namunadagi sertifikatlarni berish boʻyicha buyruq loyihasini tayyorlash;

yakuniy attestatsiya natijasida oʻqitish dasturini oʻzlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugata olmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi munosabati bilan tinglovchilarga beriladigan sertifikatlarni rasmiylashtirish;

hududiy boshqarmalarning malaka oshirish yoʻnalishlari kesimida malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qilish;

filial mol-mulkining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;