“Salomatlik tuman boylik” mavzusida seminar tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2026-yil 10-aprel kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti Batirova Fotima Ashurovna tomonidan “Salomatlik tuman boylik” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda sog‘lom turmush tarzi tushunchasi, to‘g‘ri ovqatlanish, faol harakat, atrof-muhitning inson organizmiga ta’siri, baxtsiz hodisalarning oldini olish, sog‘lom va bemor organizmi, irsiyat, immunitet va uning ahamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar misollar asosida tushuntirildi.
Tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Seminar yakunida fikr-mulohazalar almashildi.

