
Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2025-yil 13-fevral kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi oʻqituvchisi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Suyarov Sulton Allaberdiyevich “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi “Kurash” va “Muaytay” guruhlari tinglovchilariga “Iqlim oʻzgarishi oqibatida biosferada biologik va ekologik oʻzgarishlar” hamda “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi” mavzularida ma’ruza qildi.