Yangiliklar

...

Samarqand filiali professor-o’qituvchilari hamda xodimlar Islom sivilizatsiyasi markazida

2026-yil 29-aprel kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2025-yil 20-dekabrdagi 116-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand filialining ish rejasiga muvofiq professor-oʻqituvchilar, ishchi xodimlar “Moziyga sayohat” rukni ostida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida hududdagi davlat muzeylari, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjoylar va koʻngilochar maskanlarga tashriflari uyushtirildi.

Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, keng targʻib etish milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqand filiali xodimlarining Toshkent shahrida bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi.