Samarqand filiali tinglovchilari uchun ko‘chma mashg‘ulot tashkil qilindi
2023-yil 14-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali sport turlari bo‘yicha trenerlar yo‘nalishi Taekvondo WT guruhi tinglovchilari uchun “Sport mashg‘uloti nazariyasi va uslubiyati” modulining ko‘chma mashg‘uloti “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi O.A’zamxonov ishtirokida tashkil qilindi. Ushbu mashg‘ulot Samarqand Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida tashkil qilindi.