
Samarqand filiali va Litvaning Klaipeda universiteti o‘rtasida xalqaro memorandum imzolandi
2025-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali va Litvaning Klaipeda universiteti o‘rtasida xalqaro memorandum imzolandi.
Ushbu tadbir doirasida Litvaning Klaipeda universiteti professori Asta Sarkauskiene tomonidan “Talabalar sportini ommalashtirish, mutaxassislar tayyorlash jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida hamda sohaning boshqa jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Professor Brone Svitriene esa “Talabalar bilan raqsga asoslangan mashqlarni tashkil etish, ualarni tayyorlash va jismoniy faollik masalasi”da fikr va mulohazalarni bildirib o‘tdi.
Seminar-trening yakunida ilmiy hamkorlikni davom ettirish masalasi muhokama etildi.