Samarqand filialida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2024-yil 13-fevral kuni kuni Samarqand filialida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.
🔰 Yig‘ilishda:
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori, vazirlikning 2023-yil 30-dekabrdagi 01/1609-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash;
➡️ o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar va xorijiy tajribalarni joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirish;
➡️ 2024-yil uchun o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy, sport, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuqori saviyada tashkil etish;
➡️ ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiya, ko‘rsatmalar berildi hamda mas’ullarning hisobotlari eshitildi.