Yangiliklar

...

Samarqand filialida davra suhbati tashkil etildi

Sobiq ittifoq qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilganligining 35 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali o‘qituvchisi, afg‘on urushi qatnashchisi R.Sohibnazarov tomonidan davra suhbati tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi I.Rahimov, veteran jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi Samarqand tuman bo‘limi raisi B.Xoliyarov, afg‘on urushi qatnashchisi A.Hakimovlar qatnashib, Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan janglardagi taassurotlari, tinchlik va osoyishtalik kabi ulug' ne'matlarni qadrlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.