Yangiliklar

...

Samarqand filialida kitobxonlik kuni

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining topshirig‘i asosida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikka doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida juma kuni “Kitobxonlik kuni” deb belgilandi. 

Shu munosabat bilan, 2025-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali axborot-resurs markazida filial professor-oʻqituvchilari ishtirokida kitobxonlik soati tashkil qilindi.