Yangiliklar

...

Samarqand filialida mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2024-yil 7-fevral kuni kasbiy faoliyati natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan fevral oyi malaka oshirish kursi Futbol guruhi tinglovchilari Bahodir Haitov, Musurmon Xudayberdiyev, Baxtiyor Aliqulovlar tomonidan Samarqand shahridagi Futbol akademiyaning bazasida mahorat dars tashkil etildi. 

Mahorat darsiga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, dotsent J.Axmedov, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Saydullayev va guruh tinglovchilari ishtirok etdilar.