Yangiliklar

...

Samarqand filialida "O‘zbekiston sportchilarining Olimpiya va xalqaro sport o‘yinlaridagi ishtiroki va yutuqlari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Institutning Samarqand filialida 2025-yil 12-fevral kuni “Sport ta’lim muassasalari trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, dotsent J.Axmedov va kafedra professor-o‘qituvchilari H.Rafiyev, O.A’zamxonov, S.Kobilov, D.Raxmonov, F.Kulbulovlar tomonidan davra suhbati tashkil etildi. 

Mazkur davra suhbatiga “Sambo” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, Sambo kurashi bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jo‘rayev Shavkat Ashurovich hamda Muay-tay sport turi bo‘yicha Respublika terma jamoasi bosh murabbiyi Jo‘rayev Sherali Xolmirzayevichlar ishtirok etishdi.