Yangiliklar

...

Samarqand filialida seminar o‘tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2024-yil 20-fevral kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Z.Begimqulov tomonidan “Umumta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” malaka oshirish yoʻnalishi tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.