Samarqand filialida xalqaro memorandum imzolandi
2024-yil 12-fevral kuni Indoneziyaning Surabaya Negeri universiteti “Jismoniy tarbiya, salomatlik va rekreatsiya” fakulteti dekani, doktor Mochamad Ridwan hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali o‘rtasida xalqaro memorandum imzolandi.
Uchrashuv doirasida sport sohasini rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda xalqaro ilmiy-amaliy seminarlarni tashkil qilish yuzasidan kelishib olindi.