
Samarqand filialida xalqaro seminar tashkil etildi
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali bugun koʻplab xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
Jumladan, 2025-yil 21-fevral kuni “Malayziya Putra universiteti” professori Roxana Omar Samarqand filialiga tashrif buyurdi hamda Roxana Omar “Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanini tashkil qilish” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar doirasida filial professor-o‘qituvchilari xorijiy mehmonlar bilan oʻzaro fikr-mulohazalar almashdi.