Samarqand filialining navbatdagi 7-sonli Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2023-yil 6-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining navbatdagi 7-sonli Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda:
➡️Sport sohasi va filial faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi Hay’at yig‘ilishi qarorlari, institutning Ilmiy Kengash qarorlari va buyruqlari ijrosi;
➡️“Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi hisoboti;
➡️Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va tegishli hujjatlar bilan ishlash sifati;
➡️Sport tadbirlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobotlar eshitildi va muhokama qilindi.