Samarqandda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i, markaz direktori hamda o‘quvchi-talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning sportdagi yutuqlari, ta’lim jarayonlari, kelgusidagi maqsadlari hamda sport sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Aytish joizki, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yuksak marralar sari ruhlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yoshlar uchun motivatsion ruhda o‘tib, ularning sportdagi kelajak faoliyatiga katta ishonch va ilhom bag‘ishladi.



