Yangiliklar

...

“Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish”, “Armrestling” turlaridan sport musobaqalari tashkil etildi

2026-yil 23-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Qarshi shahrida malaka oshirish kursi tinglovchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida sportning “Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish”, “Armrestling” turlaridan sport musobaqalari tashkil etildi.

Bunday sport tadbirlari, avvalo, tinglovchilarning jismoniy faolligini oshirib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, musobaqalar orqali ishtirokchilarda jamoaviylik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar mustahkamlanadi.